Oʻzbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan sayyohlik yoʻnalishlaridan biri boʻlib, boy tarixiy va madaniy merosi, zamonaviy infratuzilmasi hamda yuqori darajadagi xavfsizlik muhiti bilan xalqaro sayyohlar eʼtiborini tobora koʻproq jalb etmoqda.
"Numbeo" tomonidan eʼlon qilingan “Safety Perception Index 2023” xalqaro reytingida Oʻzbekiston dunyoning 121 davlati orasida 1-oʻrinni egallab, dunyoning eng xavfsiz mamlakatlaridan biri sifatida eʼtirof etildi. Bu natija mamlakatda fuqarolar va xorijiy mehmonlar uchun tinch va barqaror muhit yaratilganini tasdiqlaydi.
Xorijiy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonda Turistik politsiya hamda Turizm xavfsizligini taʼminlash bo‘linmalari faoliyat yuritmoqda. Ular sayyohlarga tezkor yordam ko‘rsatish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda sayohat davomida qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Buyuk Ipak yoʻlining markazida joylashgan Oʻzbekiston asrlar davomida Sharq va Gʻarb sivilizatsiyalarini bogʻlab kelgan muhim tarixiy, madaniy va savdo markazi hisoblanadi. Mamlakat hududida UNESCO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva (Ichan qalʼa) va Shahrisabz kabi betakror tarixiy shaharlar joylashgan boʻlib, ular insoniyat sivilizatsiyasining bebaho merosi hisoblanadi.
Soʻnggi yillarda mamlakatda xalqaro aeroportlar, zamonaviy mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yoʻllar hamda avtomobil transporti infratuzilmasi jadal rivojlantirilmoqda. Turistik markazlar oʻrtasida zamonaviy logistika tizimi shakllantirilgani sayyohlar uchun mamlakat boʻylab qulay va xavfsiz sayohat qilish imkonini yaratmoqda.
Oʻzbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida izchil rivojlantirilmoqda. Prezidentimizning farmon va qarorlari asosida turizm xizmatlarini kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, xalqaro standartlarga mos infratuzilmani rivojlantirish hamda xorijiy turistlar oqimini oshirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ziyorat, madaniy, gastronomik, ekologik, togʻ va sarguzasht turizmi kabi koʻplab yoʻnalishlar yil davomida faol rivojlanib, sayyohlarga boy va rang-barang taassurotlar taqdim etmoqda.
Oʻzbekiston xorijiy fuqarolar uchun vizasiz va soddalashtirilgan kirish tartiblarini kengaytirib bormoqda. Jumladan, Isroil fuqarolari Oʻzbekistonga 30 kungacha vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.
Alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda turli millat va din vakillarining oʻzaro hurmat va bagʻrikenglik muhitida yashashi davlat siyosatining muhim tamoyillaridan biridir. Mamlakatdagi qadimiy yahudiy jamoalari, jumladan Buxoro yahudiylari asrlar davomida oʻz anʼanalari va madaniyatini erkin rivojlantirib kelmoqda. Bugungi kunda ham yahudiy sayyohlar Oʻzbekistonga tarixiy meros, ziyorat maskanlari va madaniy obyektlarga bemalol hamda xavfsiz tashrif buyurishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.