
Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) 2025/2026-o'quv yili uchun xorijiy fuqarolarni bakalavriat va magistratura ta'lim yo'nalishlariga alohida tartib asosida, test sinovlarisiz, suhbat natijalariga ko'ra o'qishga qabul qilishni amalga oshirmoqda.
Arizalar 2025-yil 20-avgustga qadar universitetning online.tsul.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
Qabul suhbatlari onlayn va oflayn shakllarda tashkil etiladi.
Talab etiladigan hujjatlar:
Suhbat davomida abituriyentga 4 ta savoldan iborat imtihon bileti taqdim etiladi hamda tayyorgarlik ko'rish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. 55 va undan yuqori ball to'plagan talabgorlar suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan deb hisoblanadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun: