Konsul ma'lum bir hujjatning nusxasini, shuningdek, talab qilingan hujjatdagi shaxsning imzosini tasdiqlaydi. Notarial tasdiqlash tartibini amalga oshirishda bunday hujjatning asl nusxasini taqdim etish lozim. Imzosi notarial tartibda tasdiqlanuvchi arizachining shaxsi uning pasporti asosida aniqlanadi.
Ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun 133 shekel miqdiridagi konsullik yig'imlari o’ndiriladi.
Hujjatlarni tarjima qilish
Konsullik bo'limi quyidagi hujjatlarning ingliz tiliga tarjimasini amalga oshiradi:
1. Tug'ilganlik guvohnomasi
2. O'lim haqidagi guvohnoma
3. Nikoh tuzilganlik va nikoh bekor qilinganlik haqidagi guvohnoma.
4. Haydovchilik guvohnomasi
Ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun 114 shekel miqdiridagi konsullik yig'imlari o’ndiriladi.