O'zbekiston Respublikasi hududida turli faoliyatlarni amalga oshirish uchun Isroilga O'zbekiston Respublikasi elchixonasi konsullik bo’limi tomonidan jismoniy shaxslarning ishonchnomalari notarial tasdiqlanadi.
Ishonchnoma faqat konsulning huzurida imzolanadi.
Ishonchnoma O'zbekistonda ko'chmas mulkka egalik (uy, kvartira va boshqalar) huquqini boshqa bir shaxga o’tkazish uchun taqdim etilayotgan bo'lsa, arizachi mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasini taqdim qilishi lozim.
Ishonchnoma o'zbek (rus) tillarda tayorlanadi. Ishonchnona arizachining pasporti asosida shaxsi aniqlangandan so’ng tasdiqlanadi
Ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun 114 shekel miqdoridagi konsullik to'lovi o’ndiriladi.
Mulk egalik qilish huquqi bilan boshqa shaxsga tegishli bo'lsa, bu shaxslarning rozilik arizasi taqdim etiladi va konsul tomonidan tasdiqlanadi.
114 shekeli - Qarindoshi yoki biror shaxsga tegishli O'zbekistondagi ko'chmas mulk yoki avtotransport vositasini boshqarish, sotish, almashtirish, ijaraga berish hamda bola uchun pasport olish va O'zbekistondan chet elga chiqish bo’yica arizani (rozilikni) tasdiqlash uchun.
Transport vositasini boshqarish yoki sotish bo’yicha ishonchnomalarni rasmiylashtirish uchun mazkur transport guvohnomasining nusxasini talab qilinadi.
Transport vositasini boshqarish (sotish huquqisiz) huquqi uchun ishonchnomani tasdiqlashga 646 shekel miqdoridagi konsullik to'lovi o’ndiriladi.
Sotish huquqi bilan - 1216 shekel miqdoridagi konsullik to'lovi o’ndiriladi.