Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi elchixonasi

O`zbekiston respublikasidan hujjatlarni so`rab olish


O‘zbekistondan hujjatlarni so‘rab olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy fuqarolar bevosita O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga ham, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga ham murojaat etishlari mumkin.

Elchixona Konsullik bo‘limi orqali hujjatlarni so‘rab olish uchun arizachi:

1. Tashqi ishlar vazirligining www.consulate.mfa.uz veb-sayti orqali (sahifaning nomi – HUJJATLARNI OLISH http://consulate.mfa.uz/docs/create) electron so‘rovnoma – arizasini to‘ldirib, uni 2 nusxada chop etadi;

2. Arizachi Elchixona Konsullik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

- qog‘ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, shtrix-kod (barcode)li ko‘rsatilgan elektron so‘rovnoma – arizasi, 2 nusxada;

- arizachining 2 dona pasport nusxasi.

- konsullik to‘lovi chiptasi (O‘zbekistondan hujjatlarni so‘rab olish uchun  114 shekel (O'zbekiston fuqarolaridan) va 266 shekel (xorijiy fuqarolardanmiqdorida konsullik yig‘imi to‘lanadi). 

ESLATMA:

Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy biletlarning asl nusxalarini so‘rab olish, jo‘natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Siz soragan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalarida topilmagan taqdirda, konsullik to’lovlari qaytarib berilmaydi.

Agar nikoh bekor qilingan bo‘lsa, nikohdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek vafot etgan shaxsning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini qaytadan so‘rab olinishi mumkin emas. Voyaga yetmagan shaxslarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so‘rab olinishi mumkin. Vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlar uchun so‘rab olinishi mumkin.

Konsullik bo‘limida qabul kuni va vaqtini belgilash quyidagi veb-sahifaga kiring http://e-navbat.mfa.uz/